Audio tourQuyi Amudaryo davlat biosfera reservati Oʻzbekistonda
2 sights
- Audio tour Summary
-
Audio tour Summary
Ekskursiya davomida siz faqat O‘rta Osiyoga xos bo‘lgan noyob ekotizim — Amudaryo yaqinidagi to‘qay o‘rmonlarining hayvonot va o‘simlik dunyosi bilan tanishasiz.
Marshrut Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining tashrif markazidan boshlanadi va cho‘l, cho‘l-to‘qay, to‘qay hamda qirg‘oqbo‘yi kabi tabiat komplekslaridan o‘tib Amudaryo tomon boradi.
Sayohat Qizil kitobga kiritilgan, buxoro bug‘ularini uchratish mumkin bo‘lgan to‘qay o‘rmonidan o‘tadi. Shuningdek, volyerdagi bug‘ularni ham tomosha qilishingiz mumkin.
Amudaryo yaqinida yog‘och karavotda dam olishingiz va yengil tammadi qilib olishingiz mumkin. Daryo turli xil hayvonlarni o‘ziga tortadi, to‘ng‘izlar va qamish mushuklari bu yerda o‘zlari uchun juda ko‘p ozuqa topishadi — qirg‘oqda ularning juda ko‘p sonli izlarini ko‘rish mumkin. Kechki payt va erta tong vaqtida esa to‘qay o‘rmonidan buxoro bug‘ulari chiqishadi. So‘qmoq yo‘lda bo‘rsiq, chiyabo‘ri, tolay — quyoni va tulki izlari muntazam uchraydi.
Sayr vaqtida siz ushbu hududda doimiy ravishda yashaydigan yoki bu yerga uyalash uchun uchib keladigan ko‘pgina qushlarni ko‘rasiz va sayrashini eshitasiz. Biosfera rezervatida ular uchun halovat va boy ozuqa bazasi ta’minlangan.
Bu ekskursiya har qanday yoshdagi bolalar hamda mutaxassislar: biolog, zoolog, ornitolog va fotosuratchilar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.
- 1 Tashrif markazi. Biosfera rezervatining tarixi to‘g‘risida.
- 2 Yantoq
- 3 Biosfera rezervati zonalari
- 4 Biosfera rezervatida Buxoro bug‘usini reintroduksiyasi
- 5 Tikanli kovullar
- 6 Sho‘rxoklar
- 7 So‘qmoqlar
- 8 Xiva qirg‘ovuli
- 9 Chiyabo‘ri
- 10 Chumolilar va feromonlar (odmixnionlar)
- 11 Chumolisher
- 12 Karagan tulkisi
-
Audio tour Summary
Ekskursiya davomida siz faqat O‘rta Osiyoga xos bo‘lgan noyob ekotizim — Amudaryo yaqinidagi to‘qay o‘rmonlarining hayvonot va o‘simlik dunyosi bilan tanishasiz.
Marshrut Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining tashrif markazidan boshlanadi va cho‘l, cho‘l-to‘qay, to‘qay hamda qirg‘oqbo‘yi kabi tabiat komplekslaridan o‘tib Amudaryo tomon boradi.
Sayohat Qizil kitobga kiritilgan, buxoro bug‘ularini uchratish mumkin bo‘lgan to‘qay o‘rmonidan o‘tadi. Shuningdek, volyerdagi bug‘ularni ham tomosha qilishingiz mumkin.
Amudaryo yaqinida yog‘och karavotda dam olishingiz va yengil tammadi qilib olishingiz mumkin. Daryo turli xil hayvonlarni o‘ziga tortadi, to‘ng‘izlar va qamish mushuklari bu yerda o‘zlari uchun juda ko‘p ozuqa topishadi — qirg‘oqda ularning juda ko‘p sonli izlarini ko‘rish mumkin. Kechki payt va erta tong vaqtida esa to‘qay o‘rmonidan buxoro bug‘ulari chiqishadi. So‘qmoq yo‘lda bo‘rsiq, chiyabo‘ri, tolay — quyoni va tulki izlari muntazam uchraydi.
Sayr vaqtida siz ushbu hududda doimiy ravishda yashaydigan yoki bu yerga uyalash uchun uchib keladigan ko‘pgina qushlarni ko‘rasiz va sayrashini eshitasiz. Biosfera rezervatida ular uchun halovat va boy ozuqa bazasi ta’minlangan.
Bu ekskursiya har qanday yoshdagi bolalar hamda mutaxassislar: biolog, zoolog, ornitolog va fotosuratchilar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.
Reviews
1 review
Review this tour-
05-19-2020
Marvelous tour through the last remaining patches of Tugai forests in Central Asia! Get in close eye contact with endagered Bukhara deer. Very well done audio guide through the secrets of the forests,. Enjoy in the early morning or at dawn but leave before night is falling. Before you need to confirm your visit with the reserves rangers at the administration building.